
Seten: Grizmanndan kechirim so‘ramayman
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Kike Seten jamoaning frantsiyalik forvardi Antuan Grizmann muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Men Grizmann bilan gaplashaman. Undan kechirim so‘ramayman, lekin u o‘zini yomon his qilishi mumkinligini yaxshi tushunaman. Afsusdaman, chunki u professional va juda ajoyib inson”, - deydi Seten.
Bundan avvalroq Seten maydonda Suares va Messi bo‘lganida, Grizmannga joy topishga qiynalayotgani haqida aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Grizmann joriy mavsum La Ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar