Seten Grizmanni aldayapti

  • 5 iyul, 2020, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Antuan Grizmannga asosiy tarkibdan joy bermasligini ovoza qilganidan keyin kelib chiqqan muammolar tufayli frantsiyalik futbolchini maqtashga o‘tdi.

Tecno

- Grizmann professional va ajoyib yigit. Aziyat unga ta’sir qilmaydi. Men unga ishonaman. U jamoa uchun muhim o‘yinchi, lekin hamma ham maydonga tusha olmaydi. “Barselona”da yozilmagan tartib bor. Undan chetga chiqolmaymiz. Hamma ham o‘zi istagancha vaqtga ega bo‘lolmaydi, - dedi Kike Seten.

Asosiy tarkibga kiritilmayotgan Antuan Grizmann transferlar vaqtida boshqa jamoaga o‘tib ketishi kutilmoqda. Kataloniyaliklar rahbariyati ham futbolchining ketishiga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!