
Setora Normurodova juftliklar o‘rtasida ham tengsiz
Tojkistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada hamyurtimiz Setora Normurodova juftliklar o‘rtasida ham tengsiz bo‘ldi.
Setora ushbu musobaqada rossiyalik Diyana Yanotovskaya bilan birgalikda final bosqichida ishtirok etdi. Ular bosh sovrin uchun o‘tgan o‘yinda boshqa bir tennischilarimiz Farida Marimova hamda Darya Kornilovani 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Setora va Darya bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz S.Normurodova mazkur turnirning yakkaliklar o‘rtasida ham g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar