Sevil Yo‘ldoshevaning navbatdagi muvaffaqiyati
Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada Sevil Yo‘ldosheva navbatdagi g‘alabasini nishonladi.
Qizlar o‘rtasidagi turnirning ikkinchi davrasida Sevil Yo‘ldosheva rossiyalik Veronika Udinaga qarshi kortga chiqdi.
Mazkur uchrashuvda Sevil raqibiga bor yo‘g‘i ikki geymni boy berdi. Shu tariqa chorak finalga yo‘l olgan tennischimiz, endi qozog‘istonlik Alisha Moldaxmetova bilan raqobatlashadi.



Fikrlar