
"Sevilya" - "Selta" bahsida 6 ta gol urildi (video)
Ispaniya La Ligasining 10-turida “Sevilya” o‘z maydonida “Selta”ni qabul qildi.
“Roman Sanches Pisxuan” stadionida kechgan o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 4:2 hisobida maydon egalari g‘alaba qozondi. “Sevilya”ning gollariga Jyul Kunde (5'), Yussef En-Nesiri (45'), Serxio Eskudero (85') va Munir El-Xaddadi (87') mualliflik qildi. Mehmonlarning ikki golini Yago Aspas (10') va Holito (36') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar