"Sevilya" etakchisida Covid-19 aniqlandi
“Sevilya” forvardi Munir El-Xaddadi koronavirusga chalindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mavsumga tayyorgarlik oldidan o‘tkazilgan test 25 yoshli ispaniyalik futbolchida musbat natija bergan. Unda kasallik alomatlarsiz kechmoqda va u hozir o‘z-o‘zini yakkalash tizimida karantinga olingan.
Ertaga “Sevilya” futbolchilari va murabbiylari Covid-19 ga qarshi yana test topshiradi.
El-Xaddadi o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar