
"Shabab Al-Ahli" Jaloliddin Masharipov maydonga tushgan o‘yinda "Al-Ayn"ni ishonchli hisobda engdi
Birlashgan Arab Amirliklari chempionati 21-turdan o‘rin olgan "Al-Ayn" - "Shabab Al-Ahli" bahsi yakunlandi. Bellashuvda Dubay jamoasi 4:1 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlar safida Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 77-daqiqada almashtirildi. "Shabab Al-Ahli"dagi yana bir hamyurtimiz Aziz G‘aniev esa qaydnomaga kiritilmagandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Shabab Al-Ahli" turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi.
"Al-Ayn" - "Shabab Al-Ahli" 1:4
Gollar: Mohanad Salim 90 - Karlos Eduardo 9, 74, Federiko Kartabiya 53, Igor Jesus 82
Fikrlar