
Shahboz Umarov BATEdagi debyut golini kiritdi (video)
Bugun Belarus Oliy ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtimiz Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE jamoasi ayni daqiqalarda o‘z maydonida "Slutsk"ni qabul qilmoqda.
Ortda qolgan 40 daqiqadan so‘ng mezbonlar 1:0 hisobida oldinda bormoqda. E’tiborlisi, hozircha yagona bo‘lib turgan golga aynan Umarov mualliflik qildi. Bu uning borisovliklar safida rasmiy uchrashuvda kiritgan dastlabki goli bo‘ldi.
Fikrlar