Shahnoza Haydarova — III Osiyo yoshlar o‘yinlari vitse-chempioni!

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahraynning Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlarining kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Og‘ir atletika sporti bo‘yicha -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan iste’dodli sportchimiz Shahnoza Haydarova hozirgina yakunlangan dast ko‘tarish bellashuvlarida 93 hamda 97 kg og‘irlikdagi toshni muvaffaqiyatli ko‘tarib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga kumush medalni taqdim etdi.

Shu tariqa, qizlarimiz ishtirokidagi zafarli yurish muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!