"Shahr Xodro" ustozi ertangi o‘yin haqida nimalar dedi?
OChL 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" hamda "Shaxr Xodro" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning dastlabki qismida mehmonlar ustozi Stefano Kuzin qatnashdi.
"Bu erda ekanligimizdan xursandmiz. Bu bizning musobaqadagi to‘rtinchi o‘yinimiz bo‘ladi. Bu uchrashuvga yaxshi tayyogralik ko‘rganmiz va ijobiy natijaga erishish uchun maydonga tushamiz.
OFK qaroriga ko‘ra, bellashuv Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. Albatta, bu bizga bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi", - dedi Stefano Kuzin.



Fikrlar