Shahram Ahadov Osiyo chempioni, yana ikki dzyudochimizda bronza

BEPUL PROPAN

Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi. Sportchilarimiz ushbu kun dasturida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shahram Ahadov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, sovrinlari qatoriga qit’a chempionligini ham qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek, Shukurjon Aminova hamda Arslon Tojiev ham o‘z vazn toifalarida shohsupaga ko‘tarilishdi.

Oltin medal:
-73 kg: Shahram Ahadov.

Bronza medal:
-57 kg: Shukurjon Aminova,
-81 kg: Arslon Tojiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!