Shahram G‘iyosovdan navbatdagi ishonchli g‘alaba

  • 5 may, 2017, 19:19
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zining ringdagi ajoyib harakatlari bilan boks ixlosmandlarini ko‘nglidan joy olgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov Boks bo‘yicha Osiyo chempionatidagi g‘alabali yurishini davom ettirmoqda.

Tecno

69 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan bokschimiz Eron vakili Sajjid Kozimzodaposhtiriy bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Uch raund davom etgan bahsda bokschimiz yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi.

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!