
Shahrullo Mahmudov: Hatto yangi yilni sportchilarimiz bazada kutib olishgan
AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari bugun poytaxtimizga qaytib kelishdi. Sportchilarimiz joriy musobaqada 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Delegatsiya rahbari sifatida AQSh safariga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov musobaqa taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"“Musobaqadan avval rejalashtirgan maqsadimizga erisha oldik. Chempionat mart oyida bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda sportchilarimiz uzluksiz mashg‘ulot olib borishlarini ta’minladik. Hatto yangi yilni ham bular sport bazasida kutishdi. Bu dunyo birinchiligida qizlarimiz shunchaki oltin medal olibgina qolmasdan, balki, jahon rekordlarini o‘rnatishdi. Kumushxon Fayzullaeva musobaqaning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi. 2019 yil Tokio Olimpiadasiga litsenziya beradigan yil ekanligini inobatga olsak, mavsumni mana shunday yuqori saviyada boshlab olganimiz, albatta, keyingi turnirlarga ham ijobiy ta’sir qiladi. Bizni bu yil oldinda kutib turgan Osiyo va jahon chempionatlarida ham yuqori o‘rinlar bilan qaytishga harakat qilamiz”, – deydi Shahrullo Mahmudov.
Quyida ushbu musobaqada medal qo‘lga kiritgan sportchilarimiz nomini yana bir bor yodga olib o‘tamiz:
Og‘abek Nafasov – 2 ta kumush
Nigora Abdullaeva – 3 ta oltin
Asadbek Narimonov – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Kumushxon Fayzullaeva – 3 ta oltin
Tursunoy Jabborova – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Mirhosil Mirzaboev – 2 ta bronza
Fikrlar