
Shahzod Sultonov: "Jangga chorlayman, qabul qilmasang erkakmassan deyishdi"
Xabaringiz bor, xalqimizning sevimli aktyori Shahzod Sultonov sportda ham o‘zini sinab ko‘rmoqda. Mansur Tugizbaev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borayotgan mste’dodli aktyor MMA yo‘nalishida birinchi jangini o‘tkazishga ham ulgurgan va g‘alaba qozongandik. kuni kecha Shahzod Sultonov hamda Mansur Tugizbaev studiyamizda mexmon bo‘ldi va ba’zi savollarga javob berdi.
- Jangimdan avval, negativ fikr bildirganlar g‘alaba qozonganimdan so‘ng, qo‘llab-quvvatlashdi. Sportdagi faoliyatimni davom ettiraman. Navbatdagi jangim qachon bo‘lishini murabbiyim Mansur Tugizbaev hal qiladi. Ustozim nima desa shu bo‘ladi. Jangimdan keyin juda ko‘p "vizovl"ar bo‘ldi. Barchasi hamyurtlarimiz, ular men bilan jang qilib, qaysidir ma’noda ozgina "xayp" ishlamoqchi bo‘lishdi. "Seni jangga chorlayapman. Qabul qilmasang erkakmassan", ham deyishdi. Biz axmoqmasmizku, murabbiylarim aqilli. Yaxshi vizovini qabul qilaman, shuncha gonorar berasan dedim. Bo‘lmasa kel zalimizga tekinga ham urib qo‘yaveraman dedim. Shundan so‘ng yo‘qolib ketishdi.
Shundan so‘ng, uning murabbiyi Mansur Tugizbaev Shahzod bilan bog‘liq rejalari bilan o‘rtoqlashdi...
- Albatta, buni sportdagi faoliyati davom etadi. Takliflar juda ko‘p bo‘lyapti. Ayniqsa, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 2tadan liga qiziqish bildiryapti. O‘sha o‘zbekistonlik aktyorni olib kel, biz unga mos shou-biznes vakilini raqib sifatida qo‘yamiz deyishdi. Ko‘ramiz, gonorarlari qoniqtirsa, Shahzod hozir bir qator ishlar bilan shug‘ullanyapti, shuni tugatib olsa, vaziyatga qarab jang tashkil qilamiz.
To‘liq podkastni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin...
Fikrlar