Shahzod Ubaydullaev "Shaxtyor"da Yaxshiboevning raqamini oldi

  • 29 yanvar, 2021, 20:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yaqinda Soligorskning “Shaxtyor” klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan Shahzod Ubaydullaev hozirgi paytda yangi jamoasi bilan Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti.

Hujumchi yangi jamoasida qaysi raqamda to‘p suradi? “Metallurg”da uni 10-raqamda ko‘rardik. Yaqinda sports.uz saytiga bergan intervyusida “Shaxtyor”da 7-raqamni olganini aytdi.

Qizig‘i shundaki, o‘tgan mavsumda “Shaxtyor”da to‘p surgan Jasur Yaxshiboev ham aynan 7-raqam ostida to‘p surib, to‘purarlik mahoratini ko‘rsatgandi. Shuningdek, Jasur “Shaxtyor”dagi ayrim uchrashuvlarla 22-raqam ostida ham to‘p surganini qayd etish joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!