
Shahzodbek Sharobiddinov filippinlik bokschiga imkon qoldirmadi(Video)
Janubiy Koreyaning Seul shahridagi professional boks kechasi tashkil etilmoqda.
FW1 promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Shahzodbek Sharobiddinov 57 kg vaznda filippinlik Konrado Tanomurga qarshi WBA Asia chempionlik kamarini himoya qildi.
Jang bor yo‘g‘i bir raund davom etdi. Dastlabki raunddayoq raqibini uch marotaba nokdaunga tushirgan yurtdoshimiz chempionlik kamarini munosib himoya qildi. Shu tariqa u faoliyatidagi 6-g‘alabasini yo‘lga kiritdi. Unda 2 mag‘lubiyat ham bor.
Fikrlar