Shakur Stivenson Lomachenko va Kambosos jangida kim g‘olib bo‘lishini aytdi

  • 24 yanvar, 2024, 16:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida WBC chempioni Shakur Stivensonning fikricha, Vasiliy Lomachenko 12 may kuni Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Jorj Kambososga qarshi jangda IBF kamarini qo‘lga kiritadi.

Tecno

"Lomachenko Kambososni nokautga uchratadi deb o‘ylayman, - deb yozdi Stivenson ijtimoiy tarmoqda – O‘ylaymanki, Lomachenko va men tez orada jang qilamiz”.

Stivenson va Lomachenko o‘tgan yili WBC vakant chempionlik unvoni uchun jang qilishi mumkin edi, biroq ukrainalik bokschi tanaffus qilishga qaror qildi va Devin Xeyniga qarshi bahsli mag‘lubiyatdan so‘ng ringga qaytishni keyingi yilga qoldirdi. Stivenson o‘tgan yilning noyabr oyida Edvin De Los Santosga qarshi bo‘lib o‘tgan jangda WBC chempionlik unvonini qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!