"Shalke-04" muxlislari Nyubelning ota-onasiga tahdid qilishmoqda

  • 30 aprel, 2020, 04:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Joriy mavsum yakuniga etganidan so‘ng «Shalke-04»dan «Bavariya» klubiga ko‘chib o‘tadigan darvozabon Aleksander Nyubelning ota-onasiga tahdidlar bo‘lmoqda», - deya xabar bermoqda «Abendzeitung Munich» nashri.

Tecno

«Shalke-04» klubi ishqibozlari posbonning ota-onasiga ishxonasida tahdid qilishgan. Shu sabab Paderborn shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda istiqomat qiladigan Nyubellar oilasi ta’til olishgan va sayohatga jo‘nab ketishgan.

Yanvar oyida «Bavariya» klubi o‘z rasmiy sayti orqali «Shalke-04» darvozaboni Aleksander Nyubel bilan shartnoma imzolanganini e’lon qilgan. Iqtidorli posbon myunxenliklar jamoasiga 1 iyul kuni ko‘chib o‘tadi. Uning «Gollivud FK» bilan imzolagan bitimi esa 5 yilga mo‘ljallangan.

Shuningdek, avvalroq Nyubelning «Shalke-04» bilan tuzilgan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani va 2019/20 mavsum yakuniga etganidan so‘ng klubni tark etishi ma’lum bo‘lgandi. Shu tariqa, darvozabon «Bavariya»ga bepulga tushmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nyubel «Paderborn» klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. «Shalke-04»ga u 2015 yilning yozida ko‘chib o‘tgan. O‘shanda Aleksanderning transfer summasi 600 ming evroni tashkil etgandi. Joriy mavsum Nyubel bundesliga doirasida 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!