Shatskix Angliyaga o‘tmagan, Shomurodov Italiyani tanladi, Fayzullaev esa...
Qatarda o‘tkazilgan ikki yirik futbol anjumani – 2022 yilgi jahon chempionati va yaqinda yakunlangan Osiyo kubogi musobaqalarida menejer sifatida mas’ul vazifalarni bajargan o‘zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbaev metaratings.ru saytiga bergan intervyusida etakchi futbolchilarimiz haqida ham fikr-mulohazalarini bildirdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga intervyuning eng qiziqarli qismlarini havola etadi.
– O‘zbekiston milliy terma jamoasining etakchilaridan biri – TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev. Jamoa unga qanchalik bog‘liq?
– Terma jamoa Eldor Shomurodov yo‘qligi tufayli, Abbos va boshqa hujumkor futbolchilarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Osiyo kubogigacha jamoa ko‘proq Shomurodovga bog‘lik edi, lekin uning yo‘qligida Fayzullaev o‘zini o‘tkir hujumkor futbolchi sifatida yaxshi namoyon eta oldi.
Endi terma jamoa Abbosbekka bog‘liq qoladi, deb bo‘lmaydi, Eldor safga qaytganidan keyin vaziyat o‘zgaradi. Shubhasiz, Fayzullaevning qobiliyati yanada rivojlanib boradi. U salohiyatli, iqtidorli yosh yigit. Uning qobiliyati va kreativligi kelajakda muhim ahamiyat kasb etadi. Keling, yana bir yil kutaylik.
Osiyo kubogida jahon chempionati ishtirokchilaridan faqat Avstraliya bilan o‘ynadik. O‘sha uchrashuvda ikki tomonni ham durang qoniqtirardi va 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Fayzullaevga qaysi uchrashuv bo‘yicha baho berish kerak? Tailand va Hindiston terma jamoalari bilan bo‘lgan o‘yingami? Keling, terma jamoa jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida Janubiy Koreya, Eron yoki Yaponi kabi jiddiy raqiblar bilan o‘ynaganida Abbosni ko‘raylik.
– Terma jamoaning etakchisi sifatida o‘zini etarli darajada ko‘rsata oldimi?
– Albatta, o‘zini ko‘rsata oldi. Eldor bilan yuzaga kelgan vaziyat unga katta imkon berdi. Ajoyib vaziyat yuzaga keldi. Endi Fayzullaev bundan buyon o‘zini qanday ko‘rsatishini kuzatish qiziq. Iyun oyida Eronga qarshi safar uchrashuvi bor, lekin o‘sha uchrashuvgacha hammasi hal bo‘lishi mumkin. O‘shanda bu bahs hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
– Abbosbek hozirdan bemalol ingliz tilida intervyu beryapti. Evropadagi katta faoliyatga tayyorlanyaptimi?
– Fayzullaev TsSKAga o‘tishidan bir yil oldin tillarni yaxshi bilardi. Uning ta’limi juda yaxshi darajada. Bu omil Evropaga o‘tganida moslashishiga katta yordam beradi. U aqlli yigit va o‘z ustida ishlaydi.
– O‘zbekistonda uni Evropaga o‘tishga tayyor, deb hisoblashyaptimi?
– O‘zbekistonda nafaqat Abbos, balki har qanday o‘yinchining evropaga o‘tishidan xursand bo‘lishadi. Maksim Shaykix Angliya Premer-ligasiga o‘tmasdan, Kievning “Dinamo” jamoasida qolishga qaror qilganida buni o‘yinchining xatosi sifatida qabul qilishgan. Shomurodov Italiyaga o‘tganida bu ko‘pchilikning orzusi edi. Muxlislar bu masalada ob’ektiv bo‘la olmaydi, shuning uchun o‘yinchining o‘tishga tayyorgarligi mutaxassislar so‘rash kerak. To‘g‘risini aytsam, yozda Fayzullaevning TsSKAga o‘tishi meni ikkilantirgandi.
– Nega?
– Men u Rossiya Premer-ligasiga o‘tishga juda yoshlik qiladi va jismoniy jihatdan tayyor bo‘lmasa kerak, deb o‘ylagandim. U men haq emasligimni isbotlab qo‘ydi. Tez moslashib ketdi va o‘yinini ko‘rata oldi, ofarin. Hozir qanday o‘sayotganiga qarab, yozda hamma narsani kutish mumkin.
Fayzullaevning Shomurodovdan kuchli tomoni aytildi
Shomurodov haqida yaxshi xabar!
Fikrlar