Shavkat Mirziyoev Andijonda boks akademiyasi ochishni taklif qildi

  • 29 sentabr, 2021, 13:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda prezident Shavkat Mirziyoevning vodiyga tashrifi davom etmoqda. Davlat rahbari Andijondagi yig‘ilishda viloyatda boks akademiyasini ochish taklifini bildirdi.

Tecno

«Andijon – kuragi erga tegmagan polvonlar, butun dunyoga tanilgan mohir sportchilar yurtidir. Ayniqsa, Andijon boks maktabining yorqin vakillari bo‘lgan, Muhammadqodir Abdullaev, Hasanboy Do‘stmatov, Iqboljon Xoldorov, Jasurbek Latipov singari o‘nlab mashhur sportchilar, Mars Qo‘chqorov, Aleksandr Razmaxov, Valentin Zolotaryov kabi yuksak malakali murabbiylarning nomlari hammamizga yaxshi tanish.

Viloyatda shakllangan shonli an’analarni yanada rivojlantirish maqsadida Andijon boks akademiyasini tashkil etsak, ayni muddao bo‘ladi. Bu akademiya – men bunga ishonaman – yurtimizni boks bo‘yicha chempionlar mamlakatiga aylantirishga katta hissa qo‘shadi» deya gapirib o‘tgan Shavkat Mirziyoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!