Shaxmat. Ko‘plab vakillarimiz ishtirok etayotgan yoshlar o‘rtasidagi G‘arbiy Osiyo chempionati davom etmoqda
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida rapid va blits shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida chempionat bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur turnir 20-29 aprelgacha o‘tkaziladi.
tur
Turnirda bir qator mamlakatlardan shaxmatchilar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, BAA, Afg‘oniston va mezbon Tojikiston shular jumlasidandir.

Ta’kidlash lozim, turnirda umumiy jadvaldan tashqari yana ko‘plab kategoriyalar mavjud. Xususan, qizlar o‘rtasida 8, 10, 12, 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan toifalar mavjud. Xuddi shu toifalar o‘rtasida raqobat yigitlar o‘rtasida ham bo‘lib o‘tadi.
Ushbu turnirdagi eng yosh (SG8) kategoriyada ham bir qator hamyurtlarimiz bor:
Asmina Abdulazizova;
Aminabonu Zohirova;
Kumushoy Uzoqova;
Munisa Mashrabboeva;
Malika Ikromova;
Muslika Erkinova;
Mohinur Azamxo‘jaeva.
Ushbu kategoriyada vakillarimiz o‘z yurishini bugundan boshlaydi. Qayd etish lozim, ushbu turnirda boshqa kategoriyalarda ham bir qator hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda. Ushbu turnir tafsilotlarini bizning saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.



Fikrlar