
Shaxmat. Magnus Karlsen hindistonlik 18 yashar raqibini engib, ilk bor Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi
Norvegiyalik shaxmat ustasi Magnus Karlsen "FIDE Chess World Cup 2023" nomi ostidagi Jahon kubogida zafar quchdi. Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tgan turnir finalida Karlsen hindistonlik 18 yoshli Rameshbabu Pragnanandhani mag‘lub etdi.
E’tiborlisi, bu Magnus uchun faoliyatidagi ilk Jahon kubogi sovrini bo‘ldi. U bungacha mazkur musobaqa g‘olibi bo‘lmagan. Uning eng yaxshi natijasi 3-o‘rin hisoblanardi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy Jahon kubogida 3-o‘rin sohibi amerikalik Fabiano Karuana bo‘ldi. Karuana 3-o‘rin uchun bahsda mezbon mamlakat vakili Nijat Abbasovni mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar