Shaxmat olimpiadasi. Evropaning ikki terma jamoasi taslim etildi!

  • 06.08.2022 20:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Hindistonning Chennay shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda. Bugun musobaqada 8-tur o‘yinlari o‘tkazildi. E’tiborlisi, O‘zbekistonning ayollar terma jamoasi ham, erkaklar terma jamoasi ham raqiblarini mag‘lub etdi.

Erkaklar terma jamoamizdan Nodirbek Abdusattarov, Javohir Sindarov va Jahongir Vohidov durang qayd etgan bo‘lsa, Nodirbek  Yoqubboev germaniyalik raqibiga qarshi bahsda g‘alaba qozondi va terma jamoamizga g‘alaba olib keldi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi Germaniya ustidan 2,5 : 1,5 hisobida ustun keldi.

Quvonarlisi, ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘z ochkolarini 14taga etkazib oldi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Shimoliy Makedoniyani 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etdi. Umida Omonova va Afruza Hamdamova g‘alaba qozonishga bo‘lsa, Maftuna Bobomurodova durang o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!