
Shaxmat. Osiyo chempionati blits bahslarida shaxmatchilarimizning raqiblarga qarshi umumiy natijalari qanday bo‘ldi?
Joriy yilning, 6–16 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi ham munosib ishtirok etmoqda. Erkaklar va ayollar o‘rtasida blits bahslari yakunlandi. 9 turdan iborat ushbu bahslarda erkaklarimiz quyidagi o‘rinlarni band etishdi.
1. Ivan Zemlyanski (FIDE) - 8 ball;
2. Sina Muvahed (Eron) - 7.5 ball;
3. Rudik Makaryan (FIDE) - 7 ball;
19. Muhammadzohid Suyarov (O‘zbekiston) - 6 ball;
25. Muhiddin Madaminov - 5.5 ball;
32. Humoyun Bekmurodov - 5 ball;
39. Asrorjon Omonov - 5 ball;
53. Bahrom Bahrillaev - 4.5 ball;
77. Oriyat Obidjonov - 3.5;
79. Saidxon Ashikmamutov - 3.5;
87. Asilbek Abdulazizov - 3.
Bundan tashqari, ayollar o‘rtasida ham blits bahslari yakunlandi. Unda Afro‘za Hamdamova boshchiligidagi ayollarimiz munosib ishtirok etib, quyidagi o‘rinlarni egallashdi:
1. Aloa Nurman (Qozog‘iston) - 7.5 ball;
2. Valentina Gunina (FIDE) - 7.5 ball;
3.Yuxin Song - (Xitoy) - 7 ball;
12. Afro‘za Hamdamova - (O‘zbekiston) 6 ball;
15.Madinabonu Halilova - 5.5;
20. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 5.5 ball;
22. Umida Omonova - 5.5 ball;
30. Asal Salimova - 5 ball;
43. Nafisa Mo‘minova - 4.5 ball;
44. Nodira Nodirjonova - 4 ball;
47. Gulruhbegim Tohirjonova - 4 ball;
55. Odina Olimova - 4 ball;
56. Mohim O‘rozmuhammedova - 4 ball;
59. Zilola Aktamova - 3.5 ball;
60. Barchinoy Shokirjonova - 3.5 ball;
62. Ruqiya Olimova - 3.5 ball;
63. Marjonva Malikova - 3.5 ball;
Quyida mazkur bahslar davomida o‘zbek shaxmatchilarining raqib mamlakatlar bilan to‘qnashuvlarda qayd etgan natijalarining umumiy holati haqida tanishishingiz mumkin:
Blits (Erkaklar):
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Xitoy: 4 ta g‘alaba, to‘qnashuvlarda 2 ta durang.
O‘zbekiston: 5 ta g‘alaba - Hindiston: 6 ta g‘alaba, to‘qnashuvlarda 1 ta durang.
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Mo‘g‘uliston: 1 ta g‘alaba.
O‘zbekiston: 3 ta g‘alaba - Rossiya: 4 ta g‘alaba, to‘qnashuvlarda 1 ta durang.
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Qozog‘iston: 7 ta g‘alaba, to‘qnashuvlarda 1 ta durang.
O‘zbekiston: 3 ta g‘alaba - Bangladesh: 2 ta g‘alaba.
O‘zbekiston: 3 ta g‘alaba - Birlashgan Arab Amirliklari: 1 ta g‘alaba.
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Tojikiston: 1 ta g‘alaba.
O‘zbekiston - Afg‘oniston to‘qnashuvlarida 2 ta durang.
O‘zbekiston: 1 ta g‘alaba - Maldiv orollari.
O‘zbekiston: 1 ta g‘alaba - Shri-Lanka.
O‘zbekiston: 1 ta g‘alaba - Falastin.
O‘zbekiston - Eron: 1 ta g‘alaba, to‘qnashuvlarda 1 ta durang.
Mazkur to‘qnashuvlarda eng ko‘p Hindistonlik raqiblar mag‘lub etilgan bo‘lsa, eng ko‘p mag‘lubiyat Qozog‘istonlik shaxmatchilardan qabul qilib olindi.
Blits (Ayollar)
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Xitoy: 2 ta g‘alaba.
O‘zbekiston: 13 ta g‘alaba - Hindiston: 9 ta g‘alaba, to‘qnashuvlarda 1 ta durang.
O‘zbekiston: 6 ta g‘alaba - Mo‘g‘uliston: 12 ta g‘alaba, to‘qnashuvlarda 2 ta durang.
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Rossiya: 8 ta g‘alaba, to‘qnashuvlarda 2 ta durang.
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Qozog‘iston: 7 ta g‘alaba.
O‘zbekiston: 1 ta g‘alaba - Bangladesh.
O‘zbekiston: 1 ta g‘alaba - Birlashgan Arab Amirliklari.
O‘zbekiston : 1 ta g‘alaba - Singapur: 1 ta g‘alaba.
O‘zbekiston: 3 ta g‘alaba - Indoneziya: 7 ta g‘alaba.
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Filippin: 1 ta g‘alaba, to‘qnashuvlarda 1 ta durang.
O‘zbekiston: 1 ta g‘alaba - Vetnam: 1 ta g‘alaba.
O‘zbekiston: 1 ta g‘alaba - Omon.
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Iordaniya.
O‘zbekiston: 1 ta g‘alaba - Maldiv Orollari.
O‘zbekiston: 2 ta g‘alaba - Iordaniya.
O‘zbekiston: 3 ta g‘alaba - Yangi Zelandiya.
Mazkur to‘qnashuvlarda eng ko‘p Hindistonlik raqiblar mag‘lub etilgan bo‘lsa, eng ko‘p mag‘lubiyat Mo‘g‘ulistonlik shaxmatchilardan qabul qilib olindi.
Fikrlar