
Shensni futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
Polshalik darvozabon Voytsex Shensni futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
Shensni "Arsenal", "Brentford", "Roma" va "Yuventus" kabi klublar darvozasini himoya qilgan. Posbon faoliyati davomida ikki karra Angliya kubogi, Angliya Superkubogi sohibi, uch karra Italiya kubogi, ikki karra Italiya Superkubogi va uch karra Italiya chempioni kabi sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Shensny, shuningdek, A Seriyada mavsumning eng yaxshi darvozaboni va yilning eng yaxshi polshalik futbolchisi sifatida ham e’tirof etilgan.
34 yoshli darvozabon umumiy hisobda 548 ta uchrashuv o‘tkazib, 559 ta gol o‘tkazib yuborgan va 210 ta quruq o‘yin o‘tkazgan. Shesni Polsha terma jamoasi safida 84 ta o‘yin o‘tkazgan (83 ta gol o‘tkazib yuborgan va 34 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan).
Fikrlar