
"Sherif" futbolchisi EChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi!
Moldovaning "Sherif" klubi darvozaboni Georgios Atanasiadis UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aytish lozimki, gretsiyalik posbon "Real"ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Madriddagi o‘yinda naqd 11 marta seyv amalga oshirdi va jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Georgios Atanasiadisdan tashqari ushbu nomga Leroy Sane ("Bavariya"), Darvin Nunes ("Benfika") va Milan Shkrinyar ("Inter") kabi futbolchilarning ham nomzodi ko‘rsatilgan edi.
Fikrlar