Sherki: «Biz yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz»
Frantsiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rayan Sherki Angliyaga qarshi jahon chempionati–2026ning uchinchi o‘rin uchun bahsi oldidan muxlislarga murojaat qildi.
«Biz yanada kuchliroq holda qaytamiz. Buni unutmang. Vatanimiz yo‘lida yana birlashish uchun maydonga qaytamiz. Jamoa butun Frantsiya bir tanu bir jon bo‘lganini his qildi, bu juda hayratlanarli», – deya Sherkining so‘zlarini «uch ranglilar» matbuot xizmati keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati yarim finalida Frantsiya Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Didye Desham shogirdlari bronza medallari uchun Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv yakshanba, 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan soat 02:00ga belgilangan.

Fikrlar