Sherzod Zokirov: Yangi mavsumdan umidimiz katta

  • 19 may, 2018, 12:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga klublarining 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilaridan tashkil topgan jamoalari o‘rtasidagi musobaqa 19 maydan e’tiboran boshlaydi. Chempionatning birinchi turidan avval "Neftchi" matbuot xizmati farg‘onaliklar bosh murabbiyi Sherzod Zokirov bilan suhbatlashdi.

- Superliga U-18ni tashkil etilganligi juda ham yaxshi bo‘ldi. Chunki bu musobaqa orqali iqtidorli yoshlarni saralashda murabbiylarga qulay imkoniyat yuzaga keladi. Ochig‘i, ushbu yosh toifadagi chempionatni tashkil etilishi milliy futbolimizga katta yutuqlarni taqdim etadi deb o‘ylayman.

- Jamoa mavsumga qanchalik tayyor ?

- Tarkibni yanvar oyidan beri shakllantirib kelyapmiz. Jamoaning asosiy o‘zagini "Neftchi" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari tashkil qiladi. Yigitlarga ishonaman. Nasib qilsa, yoshlarimiz chempionatda o‘zlarini ko‘rsatishadi.

- Yangi mavsumdan qanday reja va maqsadlar ko‘zlayapsiz?

- "Neftchi" U-18 yuqori o‘rinlar uchun kurashadi. Xar bir bahsga g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga tushamiz. Chunki hozirdanoq yigitlarni g‘oliblik ruhida tarbiyalashimiz lozim va shart. Undan tashqari "Neftchi"ning asosiy tarkibiga ham mahoratli o‘yinchilarni etkazib berish ustivor vazifamiz sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!