Sheshko: "Jamoada yaratilgan ijobiy ruh va oilaviy muhitni his qildim"

  • 9 avgust, 15:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunaeted" klubi Benjamin Sheshkoni o‘z tarkibiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Sheshko jamoa safiga kelib qo‘shilgandan so‘ng ilk fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bu jamoa ajoyib tarixga ega, ammo meni ko‘proq uning kelajagi ilhomlantiradi. Klub kelajaki haqida gaplashganimizda, bu jamoa rivojlanishda davom etishi va yaqin kelajakda yana asosiy sovrinlar uchun kurashishi uchun barcha sharoitlar mavjudligiga guvoh bo‘ldim.

Jamoada yaratilgan ijobiy ruh va oilaviy muhitni his qildim. Bu mening eng yuqori darajamga erishishim va barcha maqsadlarimni ro‘yobga chiqarishim uchun eng qulay joy. Amorimdan ta’lim olishni, jamoadoshlarim bilan muloqot qilishni va birgalikda g‘alaba qozonib sovrinlar yutushni intiqlik bilan kutmoqdaman",- dedi sloveniyalik forvard.

Ma’lumot uchun, Sheshko o‘tgan mavsum "Leyptsig" safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol kiritgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!