Shevchenko Britaniyaning grand klublaridan birida ish boshlashi mumkin

  • 3 oktabr, 2021, 15:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukraina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Andrey Shevchenko faoliyatini Shotlandiyada davom ettirishi mumkin.

45 yoshli ukrainalik mutaxassisga "Seltik"dan jiddiy qiziqish paydo bo‘la boshlagan. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Shevchenko o‘zining klubdagi murabbiylik faoliyatini Britaniyada boshlash istagida. U “Seltik”da Ante Postekogluning o‘rnini egallashi mumkin.

"Seltik" joriy mavsum Evropa ligasini ketma-ket 2 ta mag‘lubiyat bilan boshladi. Shotlandiya chempionatida esa 7 ta o‘yinda 10 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!