
Shevchenko "Milan"ni boshqarish haqida: Ukraina terma jamoasi bilan shartnomam oxirigacha ishlamoqchiman
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko “Milan”ni boshqarishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Milan” haqidagi mish-mishlar? Men allaqachon bu borada o‘z fikrimni bildirib o‘tganman. Meni Ukraina terma jamoasi bilan shartnomam bor. Jamoani tashlab ketisha haqida xatto o‘ylab ham ko‘rmaganman. Bizning oldimizda vazifa turibdi va men terma jamoamga ishonaman. Men shartnomam oxirigacha ishlamoqchiman”, - deydi Shevchenko.
Ma’lumot uchun, Shevchenko “Milan” safida 322 ta o‘yinda maydonga tushgan va 175 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar