Shiddatli o‘tgan "PFL World Tournament 5" musobaqasi yakunlandi!

  • 13.06.2025 13:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

AQShning Neshvill shahrida "PFL World Tournament 5" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Quyida ushbu oqshomda qayd etilgan natijalar bilan tanishishingiz mumkin.

Ted Jin ochkolar evaziga Jeyson Jeksonni mag‘lub etdi (28-29, 29-28, 30-27);

Xesus Pinedo 1-raunddayoq Gabriel Braga texnik nokautga uchratdi;

Logan Storli hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Masayuki Kikuiri ustidan g‘alaba qozondi (30-27, 29-27, 29-28);

Movlid Xaybulaev katta ustunlik bilan Tay Kyun Kimni engdi (30-27, 30-27, 30-27);

Adam Borich ochkolar evaziga Jeremi Kennedini mag‘lub etdi (28-28, 28-28, 29-28);

Magomed Umalatov 1-raundda Entoni Ayvini nokaut qildi;

Sarek Shilds hakamlarning yakdil qarori bilan Jozef Lusiano ustidan g‘alaba qozondi (30-27, 30-27, 30-27);

Kendli Sent-Luis 3-raundda Muhammad Berkamovni sabmishn orqali taslim etdi; 

Aleksey Pergande ochkolar bo‘yicha Mayk Bardslidan ustun keldi (30-27, 30-27, 30-27);

Jeyson Danner hakamlar qaroriga ko‘ra Neytan Gilmorni mag‘lub etdi (29-28, 30-27, 30-27).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!