Shifokor futbolchini o‘ldirganini tan oldi

  • 05.06.2020 20:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ruminiyalik vrach Elena Duta “Dinamo” Buxarest klubi futbolchisi Patrik Ekenganing o‘limida aybdor ekanini tan oldi.

Aytish kerakki, 2016 yilning may oyida kamerunlik futbolchining yuragi to‘xtab qolgan va shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan edi.

Dutani futbolchining sog‘ligiga bee’tibor bo‘lganlikda va uni o‘z vaqtida jonlantirish bo‘limiga joylashtirmaganlikda ayblashgan. De Telegraaf nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, sud Elena Dutani 18 oyga shartli ravishda qamoq ozodlikdan mahrum qilgan. Bundan tashqari, u 200 ming evro jarima to‘laydi va 60 soat jamoat ishida xizmat qilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!