Shirinjon Yoʻldosheva finalda, yana ikki dzyudochimiz bronza medali uchun tatamiga chiqadi!

  • 17.04.2026 13:19
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Xitoyning Ordos shahri mezbonlik qilayotgan kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi saralash bahslari yakuniga yetib, kechki final blokida medallar uchun kurashadigan juftliklar maʼlum boʻldi. 

-70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shirinjon Yoʻldosheva Osiyo chempionligi uchun final bellashuvida KXDR vakilasi Song Munga qarshi tatamiga chiqadi. Yarim finalda aynan Shirinjonga imkoniyatni boy bergan Xurshida Razzoqberdieva hamda Shukurjon Aminova esa bronza medali uchun kurashadi.

Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!