Shogirdlarini koyigan, hakamlarni haqorat qilgan va barchadan nafratlanuvchi Mourning Rimdagi sarguzashtlari!

  • 23 aprel, 2022, 05:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz Joze Rimdagi faoliyati davomida kimlar bilan "san-manga" borganini yodga oladi!

Mourino o‘zining "Roma"dagi ilk matbuot anjumanidayoq kim ekanligini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi. U jurnalistlar bilan to‘la xonadagi oyna oldiga keldi va quyoshdan to‘sish maqsadida o‘rnatilgan pardalarni yulqib oldi. Joze xonani yorug‘roq bo‘lishini istadi. Bu uning yangi jamoasidagi ilk matbuot anjumanidagi "hunar"i. U yog‘iga nimalar bo‘lishini tasavvur qilavering...

dokasodkasokfas

Avgust oyida "Roma" "Betis" bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va 2:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mourino raqibning 3-golidan so‘ng joyida o‘tira olmay qoldi. Uning fikricha, raqib futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ziga to‘g‘rilab olganini hakamlar ko‘rmay qolgan. Bu shunchaki nazorat uchrashuvi bo‘lganiga qaramay, "benazir" hakamlar sha’niga haqoratlarni yog‘dirib tashladi. Yakunda, referi uni qizil kartochka bilan "siylash"dan boshqa chora topa olmadi.

Ichki birinchilik doirasida "Roma "Latsio" bilan to‘qnash kelib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bahs yakunlangach, Mourino hakamlarni "po‘stagini qoqdi".

"Afsuski, hakamlar fantastik to‘qnashuvni buzib qo‘ydi. Ular bugungi bahs darajasidan pastroq ekanligini barcha ko‘rdi. O‘yin tizgini bizni qo‘limizda edi, biroq referilar uni raqibga olib berishdi. Ayniqsa, so‘nggi 15 daqiqada bu yaqqol ko‘zga tashlandi. Italiyada futbol rivojlanmoqda, ammo hakamlik o‘sha-o‘sha".

Bu ham etmaganidek, bahs yakunida Mourino matbuot anjumanida jurnalistlarni ham keskin fikrlari bilan "savaladi". Janjal kattalashib ketayotgan bir paytda, u o‘rnidan turdi va OAV tomonidan berilgan savollarga javob berishdan bosh tortib, xonani tark etdi. Oradan bir oy o‘tib, "Roma" "Yuventus"ga (0:1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bellashuv davomida rimliklar "keksa sinora" darvozasini ishg‘ol qildi, biroq undan bir necha soniya avval ishlatilgan qo‘pollik sababli bosh hakam golni inobatga olmadi va penalti belgiladi. "Bo‘rilar" 11 metrlik nuqtadan unumli foydalana olmadi. E’tiborlisi shundaki, zarba yo‘llanayotgan paytda jarima maydonchasiga "Yuve"ning bir nechta futbolchisi kirib borgan edi. Hakamlarga bildirilgan e’tirozlarga qaramay, penalti qaytadan ijro etilgani yo‘q. O‘yin yakuniga etgach, Mourino fikr bildirishdan o‘zini tiydi, ammo...

Noyabr oyida "Yuventus" EChL doirasida "Zenit" bilan kuch sinashdi. Bahs davomida turinliklar penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ijro noaniq chiqdi va referilar jarima maydonchasiga futbolchilar muddatidan avval kirib kelgani bois uni qayta ijro etishni talab qildi. Mourino esa, bu vaziyatni darrov "skrinshot"larini o‘z ijtimoiy tarmog‘iga joylab, tagida shunday izoh qoldirdi:

"Topingchi, hakamlar qaysi vaziyatda penaltini qayta tepish kerak, deb hisobladi?"

Oktyabr oyining so‘nggi kunlarida tinib-tinchimas Mour yana katta sahnaga chiqdi. Bu safar qahramonimiz "Roma"ning avvalgi egalarini achchiq so‘zlari yordamida "o‘qqa tutdi":

fajsifjasijf

"Barcha ustimizdan kulmoqda. Klubning hozirgi egalari avvalgilaridan jamoa emas, bir qop axlatni qabul qilib olgan. Men jamoamdan norozi emasman. Ammo hamma singari qo‘l ostimda kuchli ijrochilar bo‘lishini istayman. Men klubning hozirgi ahvolini yaxshi bilganim bois, uning egalarini qattiq hurmat qilaman".

Bu so‘zlar "Napoli" bilan bahsdan avval bildirilgandi. Intervyu omma yuzini ko‘rganiga 2 soat bo‘lmay, uni referilar ikkita sariq kartochka olgani bois maydondan chiqarib yuborishdi.Hakamlik borasidagi keskinlik "Milan" bilan o‘yinda ham Mourinoni tark etgani yo‘q. O‘z uyida "rossonerilar"ga 1:2 hisobida engilgan jamoa ustozi arbitrlarni "savalash"ni unutgani yo‘q:

"Meni "Roma" muxlislariga bo‘lgan hurmatsizlik xafa qildi. "Milan"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Lekin bundan ortiq hech narsa demoqchi emasman. Hakamlar bizni qo‘llab-quvvatlaydiganlarni hurmat qilishi shart. O‘yindan so‘ng kiyinish xonasida futbolchilarni zo‘rg‘a ushlab qoldim. Ular hakamlar xonasiga kirib, orani ochiq qilmoqchi edi".

2022 yilning ilk o‘yinlari rimliklar uchun omadsiz keldi. Jamoa "Milan" bilan bellashuvda yana mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan so‘ng Joze shogirdlarini engilgina tanqid qildi. Fevral oyida esa "Inter"dan qabul qilingan alamli mag‘lubiyatdan keyin u "portladi". Italiya nashrlarida uning "ko‘k-qoralar" bilan o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida aytgan so‘zlari paydo bo‘ldi:

"Men nega ilk 10 daqiqalikda qo‘rqib harakat qilganingizni bilmoqchiman? Nega grandlarga qarshi o‘zingizni bo‘sh qo‘yib yuborasiz? Katta o‘yinlarda har biringiz ishtonini ho‘llab qo‘ygan bolalardek ko‘rinyapsiz! Yuqori bosimda to‘p tepishni eplay olmayapsizmi? Unda C Seriya klubida o‘ynang. Sizlarda xarakter yo‘q! Bu erkak kishi uchun eng kerakli xislat!"

Kiyim almashtirish xonasidagi so‘zlar omma yuzini ko‘rgach, katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Natijada, Joze bu so‘zlarni hammasini aytmaganini, jurnalistlar voqeani bo‘rttirib ko‘rsatganini ta’kidladi.

A Seriyaning 26-turida "Roma" "Verona" bilan kuch sinashdi. O‘yin davomida "benazir" hakamga e’tiroz bildirishni kanda qilgani yo‘q. Hatto, qo‘li bilan telefonga ishora qilib, referini o‘yinni kelishishda aybladi. Natijada, qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. O‘yindan so‘ng hakamlar Mourinoni ularga nimalar deganini oshkor qilishdi:

"Seni bu erga atayin yuborishgan. "Yuventus"ni talabiga binoan shu erdasan!"

wiejfiwejfwe

Bu safar Italiya futboli assotsiatsiyasi mutaxassisga keskin chora ko‘rdi. 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya va 20 ming evro jarima. 2 ta bahsdan so‘ng yana o‘z postiga qaytgan mutaxassis qaytishini o‘zgacha ta’rifladi: "Qamoqdan ozod qilindim, endi Konferentsiyalar ligasida ishtirok etishim mumkin".

Aprel oyida "benazir"ga italiyalik taniqli jurnalist ro‘baro‘ bo‘ldi. U bellashuvdan so‘ng "Roma"ning markaziy himoyachilari haqida savol berdi. Joze esa unga o‘z uslubida javob qaytardi:

"Sendan agressivroq savol kutgan edim. Kecha radioda jamoam haqida bildirgan fikrlaringni tingladim. Eb qo‘ygudek kayfiyatda eding. Rosa tanqid qilding, ammo hozir o‘zingga o‘xshamayapsan. Bundan chiqdi, men bilan uchrashgach, ishtoningni ho‘llab qo‘ydingmi?!"

Endi eng so‘nggi voqeaga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. "Budyo-Glimt" bilan Konferentsiyalar Ligasi doirasida mehmonda kuch sinashgan "Roma" 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bahs yakunlangach, Joze raqib jamoaning maydoni futbol o‘ynash uchun mo‘ljallanmaganidan shikoyat qildi. O‘yindan keyin klub avtobusi tomon yo‘l olgan murabbiydan bolalar dasxat so‘radi. Mourino ular tomonga kelayotgan bir paytda, bolakaylardan biri unga qor uloqtirdi. Bundan xafa bo‘lgan Mour shartta burilib, yo‘nalishni o‘zgartirdi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
23/04/2022 06:05
Morinyo avjiga chiqpotikuuu
Baxil Alihuja
23/04/2022 10:18
Пахтакор га тренер килиш керак! МОУР га Жуда мос жой! Хакамлар хар доим ёрдам беришади! пахтаой Футболчилари эса эркак эмас, латта уйинчилар билан бемалол узбекистон чемпиони булади.