Shohjahon Ergashev o‘n ettinchi g‘alabasini qay tarzda qo‘lga kiritdi? (Video)

  • 10 iyun, 2019, 10:17
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mazkur kechaning asosiy jangi hamyurtimiz Shohjahon Ergashev va rossiyalik Maksim Churbanovlar o‘rtasida kechdi. Mazkur jang kutilganidek bokschimizning ustunligida o‘tdi va Churbanov 3-raunddan so‘ng jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

Shu tariqa, engilmas Ergashev profi boksdagi o‘zining o‘n ettinchi g‘alabasini tantana qildi. 32 yoshli rossiyalik charm qo‘lqop ustasi ushbu jangga qadar 13 bor ringga ko‘tarilib, shularning 8 tasida zafar quchgan, 4 tasida mag‘lub bo‘lgan va bir bellashuvda hakamlar durang natija qayd etishgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!