Shohjahon Ergashev yangi yildagi ilk jangini AQShda o‘tkazadi
Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (11-0, KO 11) navbatdagi jangini 2018 yilning 12 yanvar kuni AQShda o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Bo‘lajak jang Nyu-Yorkdagi “Turning Stone Casino Resort” arenasida tashkil etilib, bokschimizga amerikalik engilmas Soni Fredrikson (18-0-0, KO12) raqiblik qiladi.
Bokschilar ushbu jangda jahonning eng kuchli TOP-10ligi uchun kurash olib borishadi. Bundan tashqari bu to‘qnashuvda hamyurtimiz g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bu muvafaqqiyat uni chempionlik uchun bo‘ladigan jangga yana bir qadam yaqinlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, nokautchi bokschimiz 11 noyabr kuni AQShda faoliyatini boshlagan edi, okeanortidagi ilk jangida mezbon bokschi Markus Xavtornni (5-7-0) ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar