
Shohrux Gadoev OKMKni tark etdi
Olmaliqning OKMK jamoasi Shohrux Gadoev bilan xayrlashdi.
"Barchasi uchun rahmat, Shohruh! 2021 yil 9 fevralda jamoamizga kelib qo‘shilgan Shohruh Gadoev bugun klub bilan shartnomasining tugashi munosabati bilan jamoani erkin agent maqomida tark etadi. Shohruhning jamoamizga qo‘shgan hissasi, o‘zining fidoyiligi va sadoqati hech qachon unutilmaydi.
Jamoamizning ahil oilasi Shohruhga klubdagi faoliyati davomida qilgan barcha sa’y-harakatlari va jamoamizning yutuqlariga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.
Sobiq futbolchimizga kelajakdagi barcha ishlarida omad, zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Umid qilamizki, u o‘zining yangi yo‘nalishlarida ham shunday yuksak marralarni zabt etadi. Shohruh, sen doimo bizning jamoamizning bir qismi bo‘lib qolasan", - deyiladi "konchilar" matbuoti xabarida.
Fikrlar