Shomurodov - arzon jamoaning qimmat o‘yinchisi!

  • 15 oktabr, 2023, 22:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Futbolda biror jamoaning muvaffaqiyatga erishishi asosan tarkibda qanday futbolchilar jamlanganiga bog‘liq.

O‘z ishining ustasi hisoblangan va mahoratini o‘yinlar davomida namoyish etib kelayotgan o‘yinchilarning narxi ham qimmat bo‘ladi. Evropaning kuchli chempionatlarida g‘olib chiqayotgan aksariyat jamoalar o‘z ligasida eng qimmat tarkib ega.

Bunga “Manchester Siti”, “Bavariya”, PSJ, “Napoli”, “Real” yoki “Barselona”ni misol qilish mumkin.

Qizig‘i shundaki, ayrim yulduz futbolchilarning transfer summasi bir necha jamoalarning to‘liq tarkibi narxidan qimmat hisoblanadi.

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Italiya chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer summasi yangilanganidek keyin A Seriya jamoalari tarkibining umumiy qiymatini hisoblab chiqdi.

Unga ko‘ra, bugungi kunda A Seriyaning eng qimmat tarkibini amaldagi chempion “Napoli” jamlagan.

hasil-frosinone-vs-napoli-di-liga-italia-2023-2024-comeback-i-partenopei-menang-3-1-scerZ44EIB

Transfermarkt portali ekspertlari “Napoli” safidagi o‘yinchilarning umumiy transfer summasi 588 million evroni tashkil etishini ma’lum qildi.

Keyin o‘rinlarda Milanning ikki grandi – “Inter” va “Milan” egallab turibdi. “Inter” tarkibi chempiondan sal arzonroq – 563 million evroga baholangan. “Milan” jamoasi o‘yinchilarining umumiy transfer qiymati 543 million evroni tashkil qilyapti.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi uchtada chempionatda mana shu uch jamoa galma-galdan Skudettoni qo‘lga kiritdi. Demak, tarkibda gap ko‘p.

A Seriyaning eng qimmat tarkiblari o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi. Yuqoridagi uch jamoadan tashqari, qolgan klublar statistikasiga e’tibor qaratamiz. “Yuventus” – 420 million evro, “Roma” – 362 million evro, “Atalanta” – 325 million evro, “Latsio” –  280 million evro, “Fiorentina” – 255 million evro, “Torino” – 186 million evro va “Bolonya” –  166 million evrolik tarkibga ega.

Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Kalyari” tarkibi eng arzon bo‘lgan ikki jamoadan biri. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, sardiniyaliklar jami 70 million evrolik futbolchilarni o‘ynatyapti. A Seriyaning eng arzon tarkibi “Frozinone”da. U 63 million evroga baholangan.

E’tiborli jihati shundaki, Eldor Shomurodov o‘z jamoasining eng qimmat ikki o‘yinchisidan biri hisoblanadi. Transfermarkt portali o‘zbek legionerining transfer summasi 6 million evro ekanini ko‘rsatgan. 

gettyimages-1644927994-2048x2048

“Kalyari” vakillari orasida eng qimmatbaho o‘yinchi sifatida hujumchi Andrea Petanya qayd etilgan. Tajribali charm to‘p ustasining bugungi kundagi transfer summasi 7,5 million evro.

Sardiniya klubining eng qimmat futbolchilari uchligini Urugvay terma jamoasi vakili Naytan Nandes yakunlab turibdi. Mahoratli yarim himoyachi ayni paytda 5 million evroga baholangan.

Fayzullaev qoyillatyapti!

Fayzullaev “yulduzlik kasali”ga uchradimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
14/10/2023 16:19
Шома 100$га хам арзимайди, билмадим ўйини йўқ артистни нимаси учун олишган