Shomurodov 2025 yilni qaysi jamoada boshlaydi?

  • 25 dekabr, 2024, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari hisoblangan Eldor Shomurodovning “Roma” klubidagi kelajagi yana mavhum bo‘lib turibdi.

Tecno

Aslini olganda legionerimiz 2021 yilning yozida Rim klubiga ko‘chib o‘tganidan beri har transfer oynasi arafasida “Roma”ni tark etishi haqida xabarlar tarqatiladi. Xususan, yozda ham klub 29 yoshli hujumchi bilan xayrlashishga yaqin turgandi, lekin o‘sha paytdagi bosh murabbiy Daniele De Rossi kutilmaganda Eldor haqidagi fikrini o‘zgartirib, uni jamoada olib qoldi.

Keyinchalik rimlik murabbiyning o‘rnini egallagan Ivan Yurich o‘zbek futbolchisiga deyarli e’tibor qaratgani yo‘q. Ikki oydan keyin bosh murabbiy kursisini Klaudio Raneri egalladi. Biroq, o‘tgan mavsum Shomurodov yordamida “Kalyari”ni yuqori divizionda olib qolgan tajribali mutaxassis “Roma”ga o‘tganidan keyin hamyurtimizning xizmatlaridan deyarli foydalanmayapti.

Qishki transferlar boshlanishi oldidan taniqli insayder Nikolo Skira Eldor Shomurodov haqida xabar tarqatdi.

- Eldor Shomurodov yaqin haftalar ichida “Roma”ni tark etishi kutilmoqda. Rim klubi yaqinda maosh fondiga bosimni kamaytirish maqsadida u bilan shartnomani 2027 yilning yozigacha uzaytirganiga qaramay, Klaudio Raneri Eldorni kelajakdagi rejalariga kiritmayapti, - deb yozdi Nikolo Skira.

Aslini olganda,  chempionatning avvalidayoq ikkita murabbiyning javobini berib, uchinchisi mutaxassis olib kelinganiga qaramay, “Roma”ning o‘yini va natijalarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q.

Hozirgi tarkibda bir necha futbolchilarning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Hatto, Eldor Shomurodovdan tashqari jamoaning eng mashhur yulduzi Paulo Dibala va ko‘p yillik sardori Lorentso Pellegrinining ham Rimda qolishi katta so‘roq ostida turibdi.

“Roma” rahbariyati Klaudio Raneri boshchiligida tarkibni qayta shakllantirish haqida bosh qotirmoqda. Birinchi navbatda, jamoa yangi bosh murabbiy tayinlandi. Chunki Raneri jamoani mavsum oxiriga qadar boshqarib turadi va keyin klub xo‘jayinlariga sport yo‘nalishida maslahatchilik qiladi. Raneri hozir o‘zi o‘tirgan kursini egallaydigan bo‘lajak bosh murabbiyni tanlash bilan ovora.

Tarkibni shakllantirish ko‘proq, yozda tayinlanadigan murabbiyga bog‘liq bo‘ladi. “Roma” ungacha klubga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan qutilib, yangi ijrochilar uchun joy ochish bilan shug‘ullanadi.

Eldor Shomurodov o‘ziga berilayotgan juda kam o‘yin vaqtida faol harakat qilayotgani va ayrim vaziyatlarda gol urishni uddalayotganiga qaramay, Rimni tark etish ehtimoli katta.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov joriy mavsumda jami 12 marotaba maydonga tushib,  A Seriya o‘yinlarida “Empoli”, Italiya kubogida “Sampdoriya” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan va o‘z hisobiga bitta assist ham yozdirib qo‘ygan.

Hozirga qadar o‘zbek futbolchisiga ikkita jamoa qiziqish bildirgani haqida ma’lumotlar chiqqan edi. Ulardan biri mashhur futbolchilarni o‘zida jamlayotgan A Seriya debyutanti “Komo” va ikkinchisi V Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Salernitana”.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, qariyb bir oy davom etadigan qishki transferlar davrida Eldor Shomurodovga har galgidek yana bir necha klub da’vogar bo‘lishi kutilmoqda. Demak, hujumchimiz 2025 yilni qaysi jamoada boshlashi yanvar oyi davomida aniq bo‘ladi!

Birorta futbolchi Husanovga yaqinlasha olmadi!

Fayzullaev kelajagiga oydinlik kiritildi, TsSKA kutilmagan qarorga keldi!

O‘zbek futbolchisi jamoadan ketadi, uni Evropa va er kurrasining narigi burchagida kutishyapti!

Fayzullaev Rossiyada, Hamrobekov O‘zbekistonda yil rekordini o‘rnatdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ганиев Toир
25/12/2024 12:36
Ростовга кайтиши керак жч саралашида формата булиши керак. Булмаса термада хам урнини йукотади.
Шухрат Хусаинов
25/12/2024 08:13
Узбек футболчилари Европада на расхват ура..а
uz fifa.uz
24/12/2024 22:21
senlar nexxuya odam bumisan