Shomurodov avjida!

  • 25 sentabr, 2024, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”da yuz bergan bosh murabbiy almashinuvidan keyin nihoyat “bo‘rilar” Italiya chempionati doirasida mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonladi.

Tecno

A Seriyaning beshinchi turida “Olimpiko” arenasida “Udineze” 3:0 hisobida tor-mor etildi. “Roma” bosh murabbiy Ivan Yurich qo‘l ostida oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa – Chempionlar ligasi yo‘llanmsi uchun kurashni boshladi.

Klubga egalik qiluvchi amerikalik biznesmenlar – Den va Rayan Fridkinlar anchadan beri jamoani Evropaning eng nufuzli musobaqasida ko‘rmoqchi. Hozirgacha, ular bunga erisha olgani yo‘q. Katta umidlar bilan jamoani boshqarishga olib kelingan, Paulu Fonseka, Joze Mourino va Daniele De Rossi ham bu talabni bajara olmadi.

“Roma” oldida Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishning ikki yo‘li bor. Birinchisi, A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirish. Ikkinchisi, UEFAning ikkinchi musobaqasi – Evropa ligasida g‘olib chiqish.

Rimliklar ikki yil avval bunga juda yaqin kelgandi. Jamoa 2022 yili Konferentsiyalar ligasining bosh sovrinini kiritib, kelasi mavsumda Evropa ligasi finaliga etib borgandi. Biroq Joze Mourino shogirdlariga ketma-ket ikkinchi finalda zafar quchish nasib qilmagan. “Roma” bosh sovrin bilan birga Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan ham quruq qolgan.

Endi “Roma” yana Evropa ligasidagi yurishini boshlaydi. UEFA xalqaro miqyosdagi musobaqalar formatini o‘zgartirganidan keyin taqvim anchayin tig‘iz holatga keldi.

Xususan, “Roma” to‘rt kun ichida muhim ikkita o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. “Bo‘rilar” har ikki bahsni “Olimpiko”da o‘tkazishi ularga ozgina bo‘lsa-da, engillik bo‘ladi. Chunki “o‘z uyingda devorlar ham qo‘llaydi”, degan maqol futbolda ko‘p isbotini topgan.

Birinchi uchrashuv 26 sentyabr kuni Evropa ligasi umumiy bosqichda Ispaniyaning “Atletik Bilbao” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Musobaqa qoidasiga ko‘ra, umumiy bosqichda jami 36 ta jamoa uy va safarda to‘rttadan, jami sakkizta o‘yin o‘tkazadi.

Rimliklar “Atletik”dan tashqari o‘z maydonida Ukrainaning “Dinamo Kiev”, Portugaliyaning “Braga”, Germaniyaning “Ayntraxt” jamoalarini qabul qiladi. Shuningdek, Shvetsiyaning “Elfsborg”, Belgiyaning “Yunion”, Angliyaning “Tottenxem”, Niderlandiyaning “AZ Alkmaar” futbolchilari mehmoni bo‘ladi.

Umumiy guruhda dastlabki sakkiz pog‘onani egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘llanma oladi. 9-24-o‘rin sohiblari nimchorak finalga chiqish uchun o‘tish uchrashuvlarida ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi. Qolgan jamoalar musobaqani tark etadi.

Ispanlarga qarshi o‘yindan keyin “Roma” 29 sentyabr kuni “Venetsiya”ga qarshi A Seriyaning oltinchi tur bahsini o‘tkazadi.

Ayni paytda futbolchilar bosh murabbiy Ivan Yurich va uning boshchiligidagi murabbiylar shtabi vakillari nazorati ostida bo‘lajak bellashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, Eldor Shomurodov ham mashg‘ulotlarda faollik ko‘rsatmoqda.

Buni quyidagi suratlardan ham bilib olsa bo‘ladi:

“Roma” legionerimizni Evropa ligasi qaydnomasiga kiritgan. Shomurodov hamon zaxira o‘yinchisi hisoblansa-da, taqvim o‘ta tig‘izligini inobatga olib, Ivan Yurich o‘zbekistonlik markaziy hujumchi xizmatidan ham foydalanishi kutilmoqda.

Shomurodov jamoasida yana jiddiy o‘zgarish. Bu gal kim ishdan olindi?

Rossiyada legionerimizni nega o‘ynatishmayapti?

Husanov, xotirjam o‘ynayver, chunki...

Natijadan norozi Nikolich Fayzullaev haqida nimalar dedi?

“Roma” futbolchilari Daniele De Rossi bo‘shatilishidan norozi. Shomurodov kim tomonda?

Shomurodovning goli uni qutqara olmadi! Daniele De Rossi ishdan haydalishiga jiddiy sabablar bor ekan

“Lans”: Ular Husanovni tanlashdi! Abduqodir Manchesterga 60 million evroga ketgan Leni Yorodan ancha kuchli...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
24/09/2024 17:40
Элдорга омад