Shomurodovning goli uni qutqara olmadi! Daniele De Rossi ishdan haydalishiga jiddiy sabablar bor ekan

  • 21 sentabr, 2024, 18:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati o‘tgan mavsum oxirida jamoani qabul qilib olgan klub afsonasi Daniele De Rossining bosh murabbiylikdan bo‘shatgani keng muhokama qilinmoqda.

Rimlik fanatlar o‘z yoqimtoylarining bu taqlid ishdan olinishini hazm qila olmayapti. Ular klub rahbariyatiga noroziliklarini bildirishmoqda.

Daniele De Rossining “Roma” futbolchi sifatida oldidagi xizmatlari haqiqatan ulkan. Klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Daniele tayanch yari himoyachisi bo‘lgan va jamoaning haqiqiy tayanchi bo‘lgan. 2001-2019 yillar davomida “bo‘rilar” tarkibida 620 ga yaqin uchrashuvda ishtirok etgan, 63 ta to‘p kiritib, 61 assist muallifi bo‘lgan.

Butsasini mixga ilishdan oldin qisqa muddat Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasida ham o‘ynab kelgan.

“Roma” bilan ikki bor Italiya kubogiga sazovor bo‘lgan, “Boka Xuniors”da Argetina chempionligiga erishgan.

Italiya terma jamoasida 2004-2017 yillar davomida 117 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 21 ta gol yozdirib qo‘ygan. Jahon chempioni, Evropa vitse-chempioni, Konfederatsiyalar kubogi va Olimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘lgan.

Bosh murabbiy sifatida SPAL jamoasini ikki yil boshqarganidan keyin birdaniga “Roma”dan taklif oldi.

Grand klubdagi ilk urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi, deyish mumkin. Evropaning nufuzli manbalaridan hisoblangan fichajes.net sayti eksperti Xaver Parra Penya rimlik murabbiyning ishdan olinishining to‘rtta asosiy sababini keltirdi.

Salbiy natijalar

Daniele De Rossining ishdan olinishining asosiy sababi chempionat boshidagi natijalarning pastligi bo‘ldi. “Roma” to‘rttala uchrashuvda ham ochko yo‘qotdi. Ayniqsa, “Olimpiko” arenasidagi mavsumning ilk uchrashuvida “Empoli”dan engilgani o‘ta alamli bo‘ldi. Ushbu bahsda Eldor Shomurodov urgan super gol “Roma”ni mag‘lubiyatdan, keyinchalik bosh murabbiyni iste’fodan qutqarib qola olmadi.

To‘rtta uchrashuvda atigi ikkita to‘p kiritgan va uchta ochko jamg‘argan “Roma”da murabbiylar shtabi bosim ostida qolib ketdi. Vaziyatni o‘z vaqtida o‘nglash uchun Daniele De Rossining klubdagi avtoritetiga qaramay, so‘nggi chora qo‘llandi.

Lina xonimning ta’siri

Daniele De Rossi klub bosh direktori Lina Suluku bilan kelishmovchiligi bo‘lgani ham sabab sifatida tilga olinmoqda. Ular o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayib ketgani klubdagi ichki muhitning buzilishiga olib kelgan. Bu vaziyat klubga egalik qiluvchi amerikalik biznesmenlar – Fridkinlar oilasiga ma’qul kelmagan.

Dibala ishi

Joze Mourino tomonidan jamoaga jalb qilingan asosiy yulduz Paulo Dibalaning ishi ham bosh murabbiyning ketishiga turtki bo‘ldi. Italiyalik mutaxassis jamoani qabul qilib olganidan beri jahon chempionini o‘z o‘yin uslubiga singdira olmadi. Buning oqibatida ustoz- shogird munosabatlari taranglashib bordi va bu jamoaga salbiy ta’sir qildi.

Xo‘jayinlarga ishonchsizlik

“Roma”ga egalik qiluvchi Fridkinlarning sportdagi g‘oyalari va loyihalari Daniele De Rossi ishonchini qozona olmadi. Bosh murabbiy atrofida Dibala, Lina Suluku va Fridkinlar oilasiga oid ziddiyatlarning yig‘ilib qolgani, klub xo‘jayinlariga “Roma” afsonasini tashqariga kuzatib qo‘yish uchun etarli bo‘ldi.

Endi buyog‘iga “Roma”ni xorvatiyalik taniqli murabbiy Ivan Yurich boshqaradi. Yangi bosh murabbiy oldiga minimal vazifa – jamoani kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqish topshirig‘i qo‘yilgan. Aks holda, poytaxt klubi yozda boshqa bosh murabbiy izlaydi...

Fayzullaev: Menga shunisi muhim, "Zenit" emas!

Husanov qaerda o‘ynaydi?

Fayzullaev jamoaga g‘alaba keltirish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi!
Supero‘yin ko‘rsatgan Fayzullaev qanday baholandi, Abbos g‘alabadan keyin nimalar dedi?
Mashhur murabbiy Shomurodovga emas, Ronalduga ustozlik qiladigan bo‘ldi!

Hayratdamiz, Husanov bu gal ham bopladi! Frantsiyalik muxlislar legionerimiz haqida yana nimalar dedi?

“Lans”: Ular Husanovni tanlashdi! Abduqodir Manchesterga 60 million evroga ketgan Leni Yorodan ancha kuchli...

Shomurodovni "Roma"da olib qolgan murabbiy nega ishdan olindi?

Fayzullaev nega zo‘r o‘ynay olmayotgani sababini aytishdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
absolut3xcs
20/09/2024 23:50
alert(1)
absolut3xcs
20/09/2024 23:50
alert(1)