Shomurodov deyarli to‘liq o‘ynagan bahsda "Jenoa" ochko oldi (video)

  • 4 mart, 2021, 09:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 25-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan “Jenoa” o‘z maydonida “Sampdoriya” klubini qabul qildi.

Shu kuni Eldor asosiy tarkibda maydonga tushdi va 82-daqiqada zaxiraga olindi. O‘yin esa 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. “Jenoa” safida golni Davide Dzappakosta (52'), “Sampdoriya” safida esa Lorentso Tonelli (77') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!