Shomurodov Evropa ligasida qaysi klubga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

  • 21 fevral, 17:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, umumiy bosqich va pley-offning o‘tish o‘yinlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar bosh sovrin uchun o‘zaro to‘qnash keladi.

Tecno

G‘oliblar uy-safar tizimidagi ikkita uchrashuvning umumiy natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Roma”ga bu bosqichda jiddiy raqib ro‘baro‘ keldi. Klaudio Raneri shogirdlari Bilbaoning “Atletik” jamoasini to‘xtatishi talab etiladi.

Qur’aning umumiy natija quyidagicha ko‘rinish oldi:

«Budyo-Glimt» (Norvegiya) — «Olimpiakos» (Gretsiya);

«Fenerbaxche» (Turtsiya) — «Reyndjers» (Shotlandiya);

«Ayaks» (Niderlandy) — «Ayntraxt» (Germaniya);

«Styaua» (Rumyniya) — «Lion» (Frantsiya);

«AZ Alkmar» (Niderlandy) — «Tottenxem» (Angliya);

«Real Sosedad» (Ispaniya) — «Manchester Yunayted» (Angliya);

«Viktoriya Plzen» (Chexiya) — «Latsio» (Italiya);

«Roma» (Italiya) — «Atletik» Bilbao (Ispaniya).

Dastlabki o‘yinlar 6 mart kuni o‘tkaziladi. Javob uchrashuvlari 13 martga mo‘ljallangan.

Evropa Ligasining final o‘yini 21 may kuni Bilbaoda tashkil etiladi.

Ta’kidlash joizki, “Roma” futbolchilari musobaqaning umumiy bosqichida “Atletik”ga ro‘baro‘ kelgan edi. Birinchi turdagi bellashuvda 1:1 hisobida qayd etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mannonov Dilshod
21/02/2025 18:36
21- май булса керак. Онлайн укиганлар авлоди шекилли.
&
Dili
21/02/2025 18:21
21 март кандай ман тушинмадим е тушинганлар борми