Shomurodov gollar hisobini ochdi!

  • 17 iyul, 2021, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Jenoa” yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini Avstriyaning  Noyshtift-im-Shtubaytal shahrida davom ettirmoqda. Davide Ballardini shogirdlari ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidagi ilk sinov-nazorat uchrashuvini “Shtubay” futbol klubiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

217065361_4757240640953485_2852583167478938836_n

Uchrashuv genuyaliklarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda hisobni “Jenoa”ning asosiy hujumchiga aylanib borayotgan Eldor Shomurodov kiritdi. Bir marta Favilli to‘p kiritgan bo‘lsa, Bianki xet-trikka erishdi.

Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24 iyulgacha davom etadi. “Jenoa” ikkinchi bahsni 21 iyul kun o‘tkazadi. Shu kuni Shomurodov jamoasi Avstriya chempionati vakili “Vakker Insbruk” futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

216529636_4757240630953486_7515620696195759853_n

Ta’kidlash joizki, bu ikki bahs sinov-nazorat uchrashuvi maqomida bo‘ladi. Keyingi ikki bellashuv esa xalqaro o‘rtoqlik bellashuvi sifatida ancha jiddiy tus oladi. Raqiblar ham shunga yarasha kuchli.

“Jenoa” Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlashi bilan Frantsiyaga yo‘l oladi va Orlean shahridagi “Stade Omnisport de la Source” stadionida PSJ bilan kuch sinashadi. Bundan tashqari, “Jenoa” iyul oyining oxirgi kunida Bundesliga vakili “Maynts-05” jamoasi bilan kuch sinashishi kelishib olingan.

217088460_4757240580953491_8730977873498619392_n

Yangi mavsumda “Jenoa” futbolchilarini qiyin start kutib turibdi. Genuyaliklar birinchi tur uchrashuvini amaldagi chempion – “Inter” maydonida o‘tkazadi. Bu bahs 22 avgustga belgilangan.  Eldor Shomurodov 29 avgustga belgilangan ikkinchi turda o‘z uyida o‘ynaydi va sovrinli o‘rinlar uchun da’vogarlik qiladigan “Napoli”ni qabul qiladi.

Shomurodov yangi mavsumda nechta gol urishini aytdi!

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

“Jenoa” Shomurodovga Ukrainadan raqobatchi olib kelmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
19/07/2021 03:08
30 ДАҚИҚА ЎЙНАБ 1-ГОЛНИ УРИБДИ. ЗЎР ЭЛДОРАДО ЗЎР...
&
Турсун Ғани
18/07/2021 00:38
ОМАДИНИ БЕРСИН ЭЛДОРНИ
&
inson
17/07/2021 22:20
SUBAHANALLOH