
Shomurodov ham ketdi!
Jahon futbolida milliy chempionatlarning aksariyati qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Mamlakatlar terma jamoalari FIFA kunlariga belgilangan rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi va futbolchilar ushbu bo‘lajak uchrashuvlar oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi.
Joriy mavsumda A Seriyada yuqori o‘rinlar va Chempionlar ligasi, UEFA Konfederatsiyalar ligasi bosh sovrini uchun kurashayotgan “Roma”dan ham asosiy tarkibning bir guruh o‘yinchilari o‘z mamlakatlari terma jamoalari yig‘inida ishtirok etish uchun Rimdan jo‘nab ketdi.
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com sayti “Roma”dan turli terma jamoalarga jalb qilingan futbolchilar haqida ma’lumot tarqatdi.
Nashrning yozishicha, Rim jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z terma jamoalariga jo‘nab ketgan o‘n nafardan ortiq futbolchini intizorlik bilan kutishiga to‘g‘ri keladi.
Birinchi navbatda, jamoa sardori Lorentso Pellegrini va etakchi yarim himoyachilardan Brayan Kristante Italiya milliy terma jamoasiga jalb qilingan. Terma ro‘yxatida bo‘lgan “Roma” yulduzlaridan Nikolo Dzanolo oyoq mushaklari shikastlangani bois, davolanishi kerakligi aytilmoqda. Italiya UEFA Millatlar ligasi turniri yarim finalida Ispaniya bilan raqobatlashadi.
Mourino ikki hafta davomida boshqa mamlakatlardan kelgan yana o‘n nafar futbolchidan foydalana olmaydi.
Asosiy darvozabon Ruy Patrisiu terma jamoa uchun gol urish bo‘yicha jahon rekordchisi Krishtianu Ronaldu bilan birga Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilishi lozim.
Armaniston terma jamoasi etakchisi Genrix Mxitaryan ham huddi portugaliyaliklar singari 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatining Evropa qit’asi bo‘yicha saralash turnirida ishtirok etadi.
Janubiy Amerika vakillari orasida Qatar yo‘llanmalari uchun kurashayotgan Urugvay terma jamoasi “Roma”dan Matias Vinani, Afrikadan jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilgan Gvineya Amadu Diavarani chaqirtirgan.
“Roma”ning asosiy tarkib o‘yinchilaridan markaziy himoyachi Marash Kumbula Albaniya terma jamoasidan taklif olgan bo‘lsa, tayan yarim himoyachisi Ebrima Darbo Afrika vakili – Gambiyaga jo‘nat ketdi.
Shuningdek, rimliklarning iste’dodli futbolchilaridan Rikkardo Kalafori va Eduardo Bove Italiya yoshlar terma jamoalari yig‘inlariga chaqirtirilgan.
Polsha terma jamoasiga jalb qilina boshlagan Nikola Zalevski oilasida noxush holat sodir bo‘lgani uchun Polsha futbol federatsiyasi uni o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan ozod qildi.
Calciomercato.som sayti mutaxassislari O‘zbekiston terma jamoasining yangi sardori – Eldor Shomurodovning ham Rimdan jo‘nab ketgani haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Hamyurtimiz “Roma”ning osiyolik yagona futbolchisi hisoblanadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Eldor Shomurodovga asosiy hujumchi sifatida katta ishonch bildirmoqda. Shomurodov Katanets boshchiligidagi avvalgi yig‘in doirasida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida raqib darvozasini nishonga olgan edi.
2022 yilgi jahon chempionat yo‘llanmalari uchun kurashni ancha erta yakunlagan mamlakatimiz bosh jamoasi bu galgi yig‘inni Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘tkazadi. Xorijiy yig‘in doirasida futbolchilarimiz ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi bilan kifoyalanadi. Srechko Katanets o‘z shogirdlarini 9 oktyabr kuni Malayziya va oradan uch kun o‘tib, ya’ni 12 oktyabrda Iordaniya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida sinovdan o‘tkazib oladi.
O‘runov qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi!
Shahboz Umarov – eng zo‘r gol muallifi va endi termada ham o‘zini ko‘rsatishi kerak!
Legionerimiz nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi!
“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?
Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!
Yaxshiboevga Rossiya grandlaridan taklif bo‘lishi kutilmoqda
O‘runov “qariyalar” ichida qolib ketdi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Yaxshiboev va Tillga tan berdi: Gollarning ijrosi mukammal edi!
Fikrlar