Shomurodov "Inter"ga qarshi bahsdan keyin nimalar dedi?

  • 15 aprel, 2024, 03:29
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya doirasida bo‘lib o‘tgan "Inter" - "Kalyari" uchrashuvida tomonlar durangga imzo chekdi. O‘yinda gol urgan Eldor Shomurodov uchrashuvdan keyin jurnalistlarning ayrim savollariga javob berdi. 

Tecno

"Biz g‘alaba uchun harakat qilgandik, lekin har bir ochko qadirldir. Hozirgi holatda bir ochko ham yomon emas", - deya o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shundan keyin unga 

"Men xohlagan formaga qaytib oldim, o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman". "Murabbiy doimo taslim bo‘lmaslikni, har bir o‘yinni finaldek qabul qilishimizni aytadi", - dedi Shomurodov. 

Shuningdek, Eldor sobiq jamoadoshi Genrix Mxitaryan bilan uchrashuv tugaganidan keyin suhbatlashgani borasida ham savol berildi. Bunga esa futbolchimiz quyidagicha javob qaytardi:

"Biz xayrlashdik. O‘yindan oldin gaplashishga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q edi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!