Shomurodov ispan klubini tanlasa, “Barsa” futbolchilari bilan birga o‘ynaydi!

  • 16 iyul, 2023, 08:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan jamoalar safi kengayib borayotgani haqida ma’lumot bergan edik.

Tecno

O‘zbek hujumchisiga xaridorlar qatoriga Ispaniya La Ligasi vakili “Jirona” ham qo‘shilgan edi. Jironaliklar kelasi mavsum oldidan tarkibida sezilarli o‘zgarishlar qilmoqchi.

Birinchi navbatda, jironaliklar markaziy hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Michel bu pozitsiyaga Eldor Shomurodovning olib kelinishini istayapti.

940x706_317x0_detail_crop_squared_20230615113413_91c43c51_dbc73596a0642f6866b877cfd3bf42d9c90890cf1a105b6d70bc6c35e2fd10c5

Bu bejiz emas. Hozir bu jamoada atigi ikki forvard – 37 yoshni qarshilayotgan Kristian Stuani va 18 yoshli tajribasiz Xoel Roka bor.

O‘tgan mavsumda “Jirona” to‘purari bo‘lgan argentinalik Valentin Kastelyanos ijara muddati tugab, “Nyu-York Siti” tarkibiga qaytib ketdi.

Shu bois, hujumkor o‘yin namoyish etishni yoqtiradigan “Jirona” uchun Eldor Shomurodov ideal nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.    

Ayni paytda “Jirona” rahbariyati “Barselona” bilan futbolchi almashish bo‘yicha kelishuvga erishish arafasida turibdi.

Kataloniyaliklarga “Jirona” vakili Oriol Romeu kerak. Bu ayanch yarim himoyachisi aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2004 yildan boshlab etti yil davomida  klub tizimida tarbiyalangan o‘yinchiga asosiy tarkibdan joy tegmagan.

Biroq, Oriol “Chelsi” nazariga tushdi va “aristokratlar” 2011 yili uni 4,6 million evroga transfer qildi. Biroq, futbolchini London klubidagi ishlari yurishmadi va keyinchalik Ispaniyaning “Vaoensiya” va Germaniyaning “Shtutgart” klublariga ijaraga berib yuborildi.

Romeu 2015 yili “Sautgempton”dan qo‘nim topdi va etti yil mobaynida “avliyolar” safida to‘p tepdi. 2022 yilning  sentyabr oyida “Jirona” endi tajribali o‘yinchiga aylangan futbolchini 5,5 million evroga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Ispaniya chempionatidagi oxirgi mavsumda Oriol kataloniyaliklarning e’tiborini tortdi. Xavi Ernandes 31 yoshli futbolchi kelasi chorshanba kunga qadar Kataloniyaga ko‘chib o‘tishini istayapti.

Oriol Romeu o‘tgan mavsumda “Jirona”ning eng etakchi o‘yinchilaridan biriga aylandi. Tajribali yarim himoyachi chempionatda 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z vazifasini bajarishdan tashqari ikkita to‘p kiritishga ham muvaffaq bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, Romeuning gollari “Jirona”ga “Valyadolid” hamda “Elche” jamoalari ustidan g‘alaba qozonishiga sababchi bo‘ldi va uchtadan ochko keltirdi.   

Hozircha, tomonlar 5-6 million evro atrofidagi summa va turli bonuslar borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi. “Jirona” transferga “Barselona”ning ikki yosh o‘yinchisini qo‘shishga qarshi emas.

Eldor Shomurodovga xaridor bo‘lib turgan klub yozda olinadigan o‘yinchilar qatoriga 21 yoshli Niko Gonsales va 20 yoshli  Pablo Torreni qo‘shib olmoqchi. “Jirona” ularni ijarada o‘ynatishga ham tayyor.

Tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida harakat qiladigan Niko Gonsales mavsumni ijara asosida “Valensiya”da o‘tkazdi. Bu futbolchi umumiy hisobda La Ligada 53 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va ikkita assist qayd etgan.

Pablo Torre bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi. Kataloniyaliklar uni o‘tgan yili yozda “Rasing” jamoasidan 5 million evroga xarid qilgandi. Torre Ispaniya chempionati yuqori divizionida sakkiz marta maydonga tushdi. Iste’dodli futbolchi Evropa Chempionlar ligasida uchta o‘yinda bitta gol urishga ham ulgurdi.

47d3b6f349f3f1a0f5aa24eabea2201766deae39

Demak, “Jirona” yozgi transferlar bozori yakunlangunga qadar o‘z tarkibiga Eldor Shomurodov, Niko Gonsales va Pablo Torreni qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tezkor! Shomurodovni "top-5"dan yana ikki jiddiy klub o‘z safiga chorlamoqda!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Beks0611
15/07/2023 20:24
O‘tmeydi dangal pul taklif qilishmeydi Eldor uchun. Faqat Galatasaray aniq va yaxshi summa taklif qilishi mumkin xolos UEFA dan. Qogan jamoalar ijara keyin sotib olish xullas aniq taklif berishmeydi. Eldorni eng zo‘r jamoa Realda o‘ynashini xohlemiz lekin Eldorda sport egoizm va azart yetishmeydi
&
CHEMPION
15/07/2023 23:41
Shu sayd hodimlari 1 ta ma‘lumotni yozish uchun ikr chikirigacha yozasizlar o‘qigim kelmay qoladi chaynalaverasizlar chaynalaverasizlar ertak qivorasizlar sodda londa qilib yozilar bizga ertak kerakmas