
Shomurodov jamoasiga APLdan murabbiy keladi
Nunu Eshpiritu Santu "Roma"ning bosh murabbiylik lavozimiga tayinlanishi mumkin.
"Relevo" nashrining xabar berishicha, Rim klubi rahbariyati kecha "Nottingem Forest" bosh murabbiyi bilan bog‘lanib, unga ikki yillik shartnoma taklif etgan. Shuningdek, unga qisqa muddatda Italiya chempionligini qo‘lga kiritishga qodir tarkibni shakllantirish va’da qilingan.
Italiyaliklar inglizlar bilan muzokaralar olib borib, mutaxassisning o‘tishi bo‘yicha kelishib olishlari kerak bo‘ladi. Uning "Nottingem" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, "Roma" A Seriya turnir jadvalida 37 turdan so‘ng 66 ochko to‘plab, 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar