Shomurodov jangchi ekan, lekin...

  • 1 may, 2023, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spetsiya” mavsumdagi eng  muhim uchrashuvlardan birini o‘z maydonida “Montsa”ga qarshi o‘tkazib, ikki to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Liguriyaliklarning asosiy to‘purari Mbala Nzola va iste’dodli hujumchisi Daniel Maldini jarohat olgani bois,bosh murabbiy Leonardo Semplichi ilk daqiqalardan Eldor Shomurodovga ishonch bildirdi.

“Montsa”ga qarshi bahsda mezbonlar har galgidek oxirigacha kurashdi. Biroq, mag‘lubiyatdan qutilib qola bilmadi. Eldor Shomurodov ancha faol o‘ynadi. Buni uchrashuvda futbolchilarning harakatini baholagan mutaxassislar ham alohida qayd etdi.

399ebd6d8d

Xususan, “Spetsiya” o‘yinlarini tahlil qilib kelayotgan cittadellaspezia.com sayti “Montsa”ga qarshi bahsda futbolchilarga quyidagicha baho berdi.

Dragovski 6:

Polshalik darvozabon jamoaga aytarli yordam bera olmadi. Shunga qaramay, uning hisobiga bitta qiyin seyv yozib qo‘yish mumkin.

Amyan 5.5:

Raqib hujumlarini to‘xtatishga harakat qildi. Har doim ham buning uddasidan chiqolmadi.

Ampadu 6.5:

Elkasidan va oyog‘idan shikastlanganiga qaramay, juda faol o‘ynadi. To‘pni o‘zida yaxshi ushlab turdi.

Vishnevski 7:

“Spetsiya” o‘yinchilari orasida eng faol o‘ynadi. “Montsa” hujumchilaridan ustun keldi. Yanvardagi transferlar ichida o‘zini oqlagani shu futbolchi bo‘ldi.

Bastoni 6:

Himoyada yaxshi o‘ynadi, jamoasining o‘tkir hujumlarida qatnashdi.

Ekdal 6:

Jamoadoshlarini oldinga boshlashga harakat qildi. Unga ancha og‘irlik tushdi.

Espozito 5.5:

Yosh futbolchiga tajriba etishmayotgani ko‘rinib qoldi. To‘pni ushlab turishda mahoratini oshirish kerak.

Kovalenko 4.5:

Gol urish uchun juda qulay vaziyatni boy berdi va javob hujumida raqib hisobni ochdi. Qolgan daqiqalarda ham o‘zini ko‘rsata olmadi.

Agudelo 5.5:

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi vaziyatni o‘zgartirib yuboradigan golni urolmadi. Yaratilgan qulay imkoniyatni barbod qildi.

Verde 5:

Uning jismoniy  holati barqaror emasligi pand berdi. Ayniqsa, “Montsa”ga qarshi bahsda bu bilinib qoldi.

Shomurodov 6.5:

Ilk daqiqalardan o‘ynagan o‘zbek hujumchisi uchrashuv davomida Kovelanko va Agudeloni gol urish uchun juda qulay pozitsiyaga chiqardi. Lekin jamoadoshlari bu vaziyatlarni ko‘kka sovurdi.

Maydonning har bir qarich joyida kurash olib bor. Shomurodov jangchi ekan. To‘p uchun qattiq kurashdi. Xavfli vaziyatlar yaratish, hujum uyushtirish ishtiyoqi balandligi ko‘rindi. Lekin asosiy vazifasi – gol urish uchun qulay vaziyat topa olmadi.

ff1746f2756659886f5cbe8ab1f0a106-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Gyasi 6:

Hujumda samarali o‘ynashga harakat qildi. Lekin jamoasi himoyalangan pallada umuman yordami tegmadi.

Semplichi 6:

Shogirdlari yaxshi o‘ynagan bo‘lsa-da, ularga raqib darvozasi oldida sovuqqonlik etishmadi. “Spetsiya” faqat Nzola o‘ynaganda gol uryapti. Ayrim o‘yinchilarning harakatlariga qaramay, boshlang‘ich tarkibni tanlashda xatoga yo‘l qo‘yganini bilish mumkin.

Shomurodovning davri keldi...

Shomurodov muxlislariga yaxshi xabar!

Bu mamlakatda 20 nafar o‘zbek legioneri to‘p tepmoqda

Kelishilgan o‘yinlar balosi: Legionerlarimiz jamoasi Evrokubokdan chetlatilishi kutilmoqda!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jafar Abdullayev
29/04/2023 21:28
Prosta tinch qoyish kerek u bu deyishni foydasi yoq murabbiy xoxlasa qoyadi xoxlasa yoq demoqchiman shu sports juda jonga tegdi xa deb Shomurodov deb bitta oyinda tushib qosa boldi bularga yil 12 oy bir xil Shomurodov yangiligi
&
Po`lat Polvonov
29/04/2023 16:26
Ассалому алейкум бу ғарбликлар Шомуродов ўйинини кўра олишмаябди ёки Шомуродовнинг ўзини Шомуродов гол ургандан кейин ўйнатмади бу номарад теренер рухан синдиришди Специяда ҳам Ромада ҳам унақа бўлмаса Терма жамоага чақирилганда гол уриябдику нимага у ерда гол ура олмаябди Шомуродов кўзин ўйиши керак рухан чўкмаслиги керак бировга гол уриш учун шароит яратиб берябди лекин Шомуродога шароит яратиб бериша олишмаябди ёки Шомуродов ўзига шароит ярата ололмаябди.
&
Jafar Abdullayev
29/04/2023 10:39
Endi mavsum tugaguncha kopirilar Shomurodov unaqa ekan Shomurodov bunaqa ekan db.agar kuchli beshlikda bir necha ozbek futbolchilari oynasa boldi sports.uz da boshqa yangilik kormidi odamlar